Tashkilot Tuzilmasi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 12-maydagi 195-son buyrug'i asosida tasdiqlangan rasmiy tuzilma

Rasmiy tuzilma

Tashkiliy Tuzilma Chizmasi

Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 28 ta (195-son buyruq, 2026-yil 12-may)

Ofis rahbari
Direktor
Yoshlarning Innovatsion Tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisi · 1 shtat
Direktor o'rinbosari
Loyihalar va innovatsiyalar yo'nalishi
Yoshlarni jalb qilish va innovatsiyalarni saralash bo'limi
3 xodim
Akseleratsiya dasturlari orqali loyihalarni takomillashtirish bo'limi
3 xodim
Innovatsiyalarni joriy etish va monitoring bo'limi
4 xodim
Buxgalteriya hisobi va moliya bo'limi
2 xodim
Bosh yuriskonsult
1 xodim
Tashkiliy boshqaruv va devonxona ishlari bo'yicha bosh mutaxassis
1 xodim
Korporativ koordinatsiya va ijro intizomi bo'yicha bosh mutaxassis
1 xodim
Strategik rivojlantirish va axborot-tahlil bo'yicha bosh mutaxassis
1 xodim
Tashkiliy ishlar va tadbirlarni tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassis
1 xodim
Direktor o'rinbosari
Strategik va xalqaro hamkorlik
Innovatsiyalarni moliyalashtirishga ko'maklashish bo'limi
3 xodim
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va grant strategiyasi bo'limi
3 xodim
Raqamli transformatsiya va ma'lumotlar bo'limi
2 xodim
Sho'ba tashkilot · ishonchnoma asosida
"INNO Texnopark" MChJ
Ustav kapitalidagi davlat ulushi ishtirokchi vakolatlarini amalga oshirish uchun ishonchnoma asosida boshqaruvga berilgan · PF-58 (10.04.2026)
Tarkibiy bo'limlar

Bo'limlar va Ularning Vazifalari

Ofisning 7 ta tarkibiy bo'limi "jalb etish — saralash — takomillashtirish — moliyalashtirish — joriy etish" tamoyili asosida ishlaydi

Yoshlarni jalb qilish va innovatsiyalarni saralash bo'limi
3 xodim

Mahalliy, respublika va xalqaro tanlovlar, musobaqalar, ko'rgazmalar orqali yosh innovatorlarni aniqlash; yuborilgan g'oyalar va loyihalarni qabul qilish, dastlabki ekspertizadan o'tkazish va eng istiqbolli loyihalarni keyingi bosqichlarga yo'llash.

Akseleratsiya dasturlari orqali loyihalarni takomillashtirish bo'limi
3 xodim

Dizayn, elektronika, konstruktorlik, marketing, dasturlash va texnologiya yo'nalishlarida mentorlik hamda akseleratsiya dasturlari orqali har yili 3 000 dan ortiq yoshlarning startap loyihalarini takomillashtirish va bozorga chiqishga tayyorlash.

Innovatsiyalarni joriy etish va monitoring bo'limi
4 xodim

Moliyalashtirilgan innovatsion loyihalarni sanoat va iqtisodiyotga tatbiq etish, xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda namoyish qilish, tijoratlashtirish jarayonlarini kuzatish va natijalarni monitoring qilish.

Innovatsiyalarni moliyalashtirishga ko'maklashish bo'limi
3 xodim

Grant ajratish tanlovlarini tashkil etish, "Bo'lajak olim" dasturi doirasida startap g'oyalarini moliyalashtirish, prototip ishlab chiqishga infratuzilma va moliyaviy resurs bilan ta'minlash hamda investorlar bilan bog'lash.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va grant strategiyasi bo'limi
3 xodim

Xorijiy universitetlar, texnoparklar, ilmiy markazlar bilan shartnomalar tuzish; har yili 50 nafardan ziyod iqtidorli yoshlarni rivojlangan mamlakatlarning nufuzli muassasalarida stajirovkaga yuborish va xalqaro grant dasturlarida ishtirokni ta'minlash.

Raqamli transformatsiya va ma'lumotlar bo'limi
2 xodim

Ofisning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, ma'lumotlar bazasini yuritish, innovatsion loyihalar bo'yicha tahlitik hisobotlar tayyorlash va axborot tizimlarini boshqarish.

Buxgalteriya hisobi va moliya bo'limi
2 xodim

Ofisning moliyaviy rejalashtirish, byudjet ijrosi, grant mablag'larini boshqarish, buxgalteriya hisobi yuritish va moliyaviy hisobot tayyorlash ishlari davlat moliya standartlari asosida amalga oshiriladi.

Bosh yuriskonsult
1 xodim

Ofis faoliyatining qonunchilikka muvofiqligi, normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlash, shartnomalar ekspertizasi va boshqaruv qarorlarining yuridik ta'minoti — barcha huquqiy masalalar bo'yicha ofis rahbariyatiga bevosita bo'ysunadi.

Bosh mutaxassislar

Direktga Bevosita Bo'ysunadigan Mutaxassislar

4 ta bosh mutaxassis ofis faoliyatining strategik, tashkiliy va ijroiy yo'nalishlarini ta'minlaydi

Tashkiliy boshqaruv va devonxona ishlari bo'yicha bosh mutaxassis

Hujjat aylanishini tartibga solish, buyruq va farmoyishlarni ijro nazorati, ishchi yo'riqnomalar va devonxona ishlarini to'liq ta'minlash.

Korporativ koordinatsiya va ijro intizomi bo'yicha bosh mutaxassis

Bo'limlar o'rtasidagi ichki muvofiqlashtirishni tashkil etish, ijrochilik intizomini nazorat qilish va topshiriqlar bajarilishini monitoring qilish.

Strategik rivojlantirish va axborot-tahlil bo'yicha bosh mutaxassis

Ofisning strategik reja va dasturlarini ishlab chiqish, faoliyat ko'rsatkichlarini tahlil qilish, hisobot va tahliliy materiallar tayyorlash.

Tashkiliy ishlar va tadbirlarni tashkil etish bo'yicha bosh mutaxassis

Tanlovlar, musobaqalar, ko'rgazmalar, konferensiyalar, seminarlar va akseleratsiya dasturlarini logistika va tashkiliy jihatdan ta'minlash.

Rahbariyat

Tashkilot Rahbariyati

Ofis faoliyatini boshqaruvchi rahbariyat tarkibi

Sobirxonov Akbarxon Aziz o'g'li
Direktor
Sobirxonov Akbarxon Aziz o'g'li
Yoshlarning Innovatsion Tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisi Direktori
Direktor o'rinbosari
F.I.Sh. (to'ldiriladi)
Loyihalar va innovatsiyalar yo'nalishi: saralash, akseleratsiya, monitoring
Direktor o'rinbosari
F.I.Sh. (to'ldiriladi)
Strategik va xalqaro hamkorlik: moliyalashtirish, grant, raqamli transformatsiya
Sho'ba tashkilot

"INNO Texnopark" MChJ

Ustav kapitalidagi davlat ulushi ishtirokchi vakolatlarini amalga oshirish uchun ishonchnoma asosida Yoshlarning Innovatsion Tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisiga boshqaruvga berilgan texnologik infratuzilma tashkiloti. Ofis doirasidagi akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini amaliy jihatdan ta'minlaydi.

PF-58, 10.04.2026 Toshkent, Olmazor tumani Ishonchnoma asosida