Yoshlarning Innovatsion Tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisi

Новости и объявления

Новости

INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlik masalalari ko'rib chiqildi

INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida rezidentlik masalalari ko'rib chiqildi

Texnoparkda rezidentlik muddatini uzaytirish va istiqbolli biznes-loyihalar bo'yicha foiz stavkalarini belgilash masalalari muhokama qilindi.

INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkida rezident maqomiga ega tashkilotlarning muddatini uzaytirish hamda foiz stavkalarini belgilashga oid biznes-takliflar ko'rib chiqildi.

Muhokama davomida ikki istiqbolli loyiha alohida e'tiborga molik bo'ldi:

  • Metallurgiya sanoatida ruda tarkibidagi oltin, kumush, mis, volfram va boshqa noyob metallarni ajratib olish uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida import o'rnini bosuvchi kompozit kimyoviy reagentlar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;
  • Rudadan noyob va kam uchraydigan metallarni pulpa va eritmasidan ajratib olishda qo'llaniladigan, mahalliy xom ashyo hamda sanoat chiqindilari asosidagi kompozit sorbentlar va kimyoviy reagentlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

Ushbu loyihalar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda sanoat samaradorligini oshirishga muhim hissa qo'shishi ta'kidlandi.

Категория: Новости