-
1
Ofis faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish va yuklatilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etish.
-
2
Ofisni yanada takomillashtirish bo'yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tegishli tadbirlar ijrosini tanqidiy tahlil qilish.
-
3
Ofis faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, yarim yillik va yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishini nazorat qilish.
-
4
Tarkibiy bo'linmalar to'g'risidagi nizomlarni, lavozim yo'riqnomalarini va ichki hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash.
-
5
Xodimlar bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalari tuzish, o'zgartirish va bekor qilish.
-
6
Ofis vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda imzolash.
-
7
Davlat siri va maxfiy axborot bilan ishlashda amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Sobirxonov Akbarxon Aziz o'g'li Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisi direktori lavozimida faoliyat yuritadi. Tashkilot O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni asosida tashkil etilgan bo'lib, u ofis faoliyatini shakllanish bosqichidan boshlab muvofiqlashtirmoqda.
Xalqaro hamkorlik, ilmiy-innovatsion loyihalar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash sohasida keng tajribaga ega mutaxassis. Faoliyati davomida Plug and Play Tech Center, Turkiya va boshqa xalqaro hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik muzokaralarini olib bordi.