Ofisda Korrupsiyaga Qarshi Kurashish
Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ofis o'z faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, qonuniylik va korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyillariga qat'iy amal qilgan holda korrupsiyaning oldini olish, uning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda xodimlar orasida halollik va mas'uliyat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tizimli choralarni amalga oshirib kelmoqda.
Ofisda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi O'zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida», «Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida», «Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida»gi qonunlari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida, shuningdek xalqaro tajriba va ISO 37001:2016 xalqaro standarti tavsiyalari hisobga olingan holda tashkil etilgan.
Ofisda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida quyidagi tizimli choralar amalga oshirilmoqda:
Tizimli Choralar va Mexanizmlar
Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan asosiy chora-tadbirlar
Korrupsiyaga qarshi siyosat va ichki hujjatlar
Ofisning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Siyosati, Odob-axloq qoidalari hamda manfaatlar to'qnashuvini boshqarish tartibi tasdiqlangan bo'lib, ushbu hujjatlar xodimlar faoliyatining muhim tamoyillarini belgilaydi.
Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish
Xodimlar xizmat vazifalarini bajarishda shaxsiy manfaatlar ta'sirini oldini olish maqsadida manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlarni o'z vaqtida deklaratsiya qilishlari va tegishli tartibda hal etishlari belgilangan.
Komplayens nazorat tizimi
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini nazorat qilish maqsadida komplayens nazorat bo'yicha bosh inspektor lavozimi joriy etilgan bo'lib, u bevosita Ofis direktoriga bo'ysunadi hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va monitoring qilish choralarini ko'radi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash
Ofis faoliyatining turli yo'nalishlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlar muntazam tahlil qilinadi va kamida yiliga bir marotaba baholanadi. Aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Shaffof kadrlar siyosati
Bo'sh ish o'rinlariga qabul qilish, xodimlarni lavozimga tayinlash, baholash va rag'batlantirish jarayonlari ochiq tanlov va shaffof mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Davlat xaridlari va kontragentlar
Ofis kontragentlarni tanlashda ularning ishonchliligini tekshiradi hamda barcha shartnomalarga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni kiritadi, davlat xaridlarida shaffoflik ta'minlanadi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanish
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida barcha jarayonlar raqamlashtirilgan, davlat xaridlari va tanlovlar elektron platformalar orqali amalga oshirilmoqda.
Monitoring va ichki nazorat
Komplayens nazorat tizimi doirasida korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligi muntazam monitoring qilinadi va natijalari bo'yicha tegishli choralar ko'riladi.
Korrupsiyaga qarshi madaniyat
Xodimlarning korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xodimlar muntazam ravishda o'quv seminarlarida ishtirok etadi va test sinovlaridan o'tkaziladi.
Korrupsiyaviy Holatlar Haqida Xabar Berish
Ofis korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar yoki manfaatlar to'qnashuvi holatlari haqida xabar berish uchun ochiq va qulay aloqa kanallarini joriy etgan
Korrupsiya holatlari haqida ma'lumot berish uchun
O'zbekiston Respublikasining vakolatli organi
Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qonuniylik, adolat, ochiqlik, halollik va shaffoflik tamoyillariga asoslangan zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Ofis o'z faoliyatida korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga nisbatan murosasiz munosabatni ta'minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish hamda yoshlar sohasida halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash yo'lida izchil ish olib bormoqda.