RoboWar
Katta toifa- Robot vazni
- 70 kg gacha
- Ishtirokchilar
- 10–38 yosh, o‘rtacha 22
- Arizalar
- 35 ta
- G‘olibni aniqlash
- Zarbalar uchun ballar va texnik ustunlik
- Mukofot
- 20 / 15 / 10 mln so‘m
Yoshlarni robototexnikaga jalb etish va xalqaro musobaqalarga tayyorlash uchun jangovar robotlar bellashuvi — katta “RoboWar” va o‘quvchilar uchun “RoboWar mini”
“RoboWar” — jangovar robotlar musobaqasi. U yoshlarning robototexnika sohasiga qiziqishini shakllantirish va ularni xalqaro musobaqalarga tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Robotlar hakamlar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi, juftliklar ochiq qura asosida aniqlanadi. Janglar “mag‘lub bo‘lgan chiqib ketadi” tamoyilida — saralash, pley-off, yarim final va final bosqichlarida o‘tadi.
Yarim finalda mag‘lub bo‘lganlar 3-o‘rin uchun, finalchilar esa 1- va 2-o‘rin uchun bellashadi. Musobaqada maktab o‘quvchilari, talabalar, mustaqil ixtirochilar va jamoalar qatnashdi.
Zarba raqib bilan kamida 1 metr masofa saqlangan holda hisoblanadi.
Vaqt tugaguncha aniq g‘olib bo‘lmasa, hakamlar 5 mezon bo‘yicha 100 ballik baho qo‘yadi.
74 ta ariza bo‘yicha robotlar va ishtirokchilar kesimi.
Jami 74 ta ishtirokchidan 53 nafari (72%) ilgari musobaqalarda qatnashgan.
INNO texnoparkida o‘tgan RoboWar va RoboWar mini bellashuvlari hamda taqdirlash marosimidan lavhalar.
Varaqlash uchun sahifa burchagini torting, strelkalar yoki pastdagi eskizlardan foydalaning.
RoboWar yangiliklari va keyingi musobaqalarga arizalar — robowar.yito.uz platformasida.