Kelajak muhandislari xalqaro festivali
9 ta yo'nalish, 30 dan ortiq musobaqa. Dizayn, elektronika, robototexnika va energetika sohalari. G'olibga — qimmatbaho sovg'alar.
Saytga o'tishYoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi
Iqtidoringiz yetarli — tanlovlar, mentorlik va xorijiy stajirovkalar orqali qolganini biz hal qilamiz.
Iqtidorli yoshlarni tanlovlar, festivallar va tadbirlar orqali dasturga jalb qilish
Ekspert komissiyasi tomonidan g'oyalarni texnik va amaliy jihatdan baholash
Mentor va mutaxassislar yordamida g'oyani loyihaga aylantirish
Grant ajratish va strategik investitsiya jalb qilishda ko'mak ko'rsatish
Tayyor mahsulotni bozorga yoki amaliyotga olib chiqish va natijani taqdim etish
G'oya bosqichidan boshlab amaliy natijaga qadar — bosqichma-bosqich, tizimli va ochiq tartibda yordam beramiz.
Har bir tashabbus «g'oya — tadqiqot — prototip — startap — mahsulot» zanjiri bo'yicha ko'rib chiqiladi. Ofis yoshlarga shu bosqichlarning har birida tashkiliy, texnik va maslahat ko'magini beradi.
Festival, oromgoh va xakatonlar orqali iqtidorli yoshlar aniqlanadi, ularning g'oyalari va loyihalari mahalliy, respublika hamda xalqaro musobaqa bosqichlariga tayyorlanadi.
Mamlakatning yetakchi olimlari va tadbirkorlari bilan mentorlik, shuningdek treninglar, seminarlar va master-klasslar orqali yoshlarning kasbiy salohiyati oshiriladi.
Tanlangan loyihalar akselerator va biznes-inkubator dasturlariga jalb etiladi. Huquqiy, moliyaviy va marketing ko'magi ko'rsatiladi; investitsiya jalb qilishda vositachilik qilinadi.
Nufuzli xorijiy universitetlar, texnoparklar va ilmiy markazlarda stajirovka, almashinuv va birgalikdagi tadqiqot imkoniyatlari taqdim etiladi.
Yoshlarning innovatsion tashabbuslariga mo'ljallangan grant dasturlari tashkil etiladi. Loyihalarga zaruriy huquqiy, axborot va maslahat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.
Iqtidorli yoshlar kelajagi uchun bugun faol ravishda olib boriladigan beshta yirik milliy va xalqaro loyiha.
9 ta yo'nalish, 30 dan ortiq musobaqa. Dizayn, elektronika, robototexnika va energetika sohalari. G'olibga — qimmatbaho sovg'alar.
Saytga o'tishUch yo'nalishda — eng yaxshi g'oya, loyiha va ixtiro bo'yicha respublika muhandislik tanlovi. G'oliblar uchun elektromobillar.
Saytga o'tishMuhandislik sohasi bo'yicha Ginnes rekordini o'rnatishga qaratilgan o'ziga xos milliy missiya. Yoshlarning muhandislik salohiyatini jahon miqyosida namoyon etish.
BatafsilKoreya, Germaniya, Singapur va Yaponiyaning yetakchi texnoparklari hamda universitetlarida har yili 50 dan ortiq stajirovka o'rni.
Saytga o'tishHar yili 1 500 nafar yosh ishtirok etadi. Tanlangan innovatsion loyihalarga BHMning 400–3 000 baravarigacha grant mablag'i ajratiladi.
BatafsilMahalliy va xorijiy yetakchi universitetlar, ilmiy muassasalar, texnoparklar va sanoat tashkilotlari bilan birgalikda ishlashib, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratamiz.
EEC
MININ
NAZZAR
TNET
TUYA
UBTECH