Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

E'lonlar

Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi e’lon qilindi.

Kimlar qatnashadi: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichi talabalari.

Bosqichlar:
Saralash. Har bir OTMda o‘tkaziladi va eng yaxshi 3 ta g‘oya keyingi bosqichga chiqadi.
Respublika bosqichi. Bu bosqichda g‘oliblar aniqlanadi.

Grantlar (jami 300 mln so‘m):
1-o‘rin (1 ta) — 100 mln so‘m;
2-o‘rin (2 ta) — 50 mln so‘mdan;
3-o‘rin (4 ta) — 25 mln so‘mdan.



✅ Shartlar:

▶️ Arizalarni e’londan keyin bir oy ichida o‘zingiz tahsil oladigan OTM saralash komissiyasiga topshirasiz.
▶️ Bir talaba muallif sifatida faqat 1 ta loyiha bilan, jamoa a’zosi sifatida esa ko‘pi bilan 2 ta loyihada qatnashishi mumkin.

Loyihalar komissiya oldida taqdimot shaklida himoya qilinadi.
G‘oliblar
yanvar oyining oxirgi 10 kunligida taqdirlanadi. Ular venchur fondlar, investorlar va akseleratorlar bilan tanishtiriladi.

Tanlov nizomi

Kategoriya: E'lonlar