🚀 MUDOFAA SOHASIDAGI IQTIDORLI YOSHLAR UCHUN AKSELERATSIYA DASTURI!
Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida yosh harbiy xizmatchilarning innovatsion va muhandislik loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan Akseleratsiya dasturi start oladi.
📅 6-oktabrdan
⏳ 1 oy davomida
📍 INNO Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparki
🎯 Dastur doirasida:
🔹 innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish
🔹 muhandislik loyihalarini takomillashtirish
🔹 amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
🔹 mentorlik va ekspert ko‘magini olish
🔹 loyihalarni prototiplash va rivojlantirish
🔹 yakuniy taqdimotga tayyorlash