"Kelajak muhandisi" xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi
Toshkent shahridagi Adju universitetida 7-8-yanvar kunlari maktab va litsey bitiruvchi oʻquvchilari oʻrtasida "Kelajak muhandisi" xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Ushbu anjumanda respublikamizdan 500 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilar oʻzlarining aql-zakovati, ijodkorligi va innovatsion tafakkurini namoyish etdi.