Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

“InnoLab” startap akseleratsiya dasturi

Biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyalari, kimyo, tibbiyot va raqamli texnologiyalar bo‘yicha ilmiy g‘oyalarni laboratoriyadan bozorgacha olib chiqadigan 3 oylik intensiv dastur

2026-yil · “INNO” texnoparki, 3-avgust – 31-oktabr Lavhalar Startap jamoalar
356 ta ariza respublika bo‘ylab yosh tadqiqotchi va ixtirochilardan
25 ta startap jamoa 4 yo‘nalishda: FoodTech, biotex, MedTech va AI
40 nafar ishtirokchi talaba, yosh olim va muhandislar
12 hafta saralashdan Demo Daygacha
01Dastur haqida

Ilmiy g‘oyadan — prototip va MVPgacha

“InnoLab” — ilm-fan, biotexnologiya, oziq-ovqat texnologiyalari, kimyo, tibbiyot va raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi innovatsion g‘oyalarni amaliy natijaga yo‘naltiruvchi intensiv o‘quv-amaliy akseleratsiya dasturi.

Davomiyligi 3 oy · 12 hafta
Maskan “INNO” texnoparki, Toshkent
Mashg‘ulotlar Haftasiga 3 kun, 2–4 soatlik bloklar
Kvota 30 nafar ishtirokchi
Demo Day 31-oktabr, 2026

Ishtirokchilar o‘z loyihalarini g‘oya bosqichidan tajriba namunasi, prototip yoki bozorga mos minimal mahsulot (MVP) darajasigacha rivojlantiradi. Har bir jamoa texnoparkning laboratoriyalari, kompyuter texnikasi va kovorking hududidan foydalanadi.

Dastur Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-maydagi 222-son buyrug‘i asosida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida tashkil etildi.

Dastur tamoyili

Real muammo → real yechim → real bozor → amaliy natija

Qabul qilinadigan yo‘nalishlar

  • Biotexnologiya
  • Oziq-ovqat texnologiyalari
  • Kimyo
  • Tibbiyot
  • Raqamli texnologiyalar

Dastur vazifalari

  1. 01

    Istiqbolli startap g‘oyalarni aniqlash, saralash va akseleratsiyaga jalb etish

  2. 02

    Customer Development, muammo va yechim intervyulari, qiymat taklifi bo‘yicha ko‘nikma berish

  3. 03

    Laboratoriyada eksperiment, sinov va prototiplash jarayonlarida metodik va amaliy ko‘mak

  4. 04

    Biznes-reja, raqobat tahlili, marketing, soliq, buxgalteriya va huquqiy asoslarni o‘rgatish

  5. 05

    Tannarx, qadoqlash, intellektual mulkni himoya qilish va pitch deck tayyorlashda yordam

  6. 06

    Eng yaxshi loyihalarni investorlar, sanoat va grant dasturlari bilan bog‘lash

Dastur xronologiyasi

  1. 26-may

    Vazir buyrug‘i

    222-son buyruq bilan “InnoLab” dasturini tashkil etish vazifasi belgilandi.

  2. 3–29-avgust

    Saralash

    356 ta ariza ko‘rib chiqildi, texnik ekspertiza, offlayn va onlayn taqdimotlar, final tanlov.

  3. 8-sentabr – 29-oktabr

    Akseleratsiya

    Uch bosqich: tahlil va g‘oya, ishlab chiqarish va MVP, tijoratlashuv.

  4. 31-oktabr

    Demo Day

    Jamoalar MVP va prototiplarini investorlar va sanoat vakillariga taqdim etadi.

Lavhalar

Ochilish marosimidan laboratoriyagacha

Akseleratsiya 8-sentabr kuni “INNO” texnoparkida ochildi. Mashg‘ulotlar ma’ruza, laboratoriya, mentorlik va mustaqil ishni birlashtiradi.

Laboratoriyadan lavhalar

Namunalar bilan ishlash0:15
Tajriba jarayoni0:17
Aniq o‘lchovlar0:11
02Saralash

356 ta arizadan — eng kuchli loyihalar

Arizalar ishchi guruh tomonidan 100 ballik tizimda baholandi. Teng ball to‘plangan holatlarda qaror ovoz berish orqali qabul qilindi.

  1. 01 356 Ariza topshirildi Onlayn va offlayn shaklda qabul qilingan loyiha g‘oyalari.
  2. 8,4% qoldi 02 30 Saralab olindi Texnik ekspertiza, taqdimot va final tanlovdan o‘tgan loyihalar.
  3. 7% qoldi 03 25 Akseleratsiyada Jamoalarga birlashib, dastur bo‘yicha ish olib borayotgan startaplar.
Saralash mezonlari 100 ball
  • Ilmiy-texnik asoslanganlik va joriy etish imkoniyati30ball
  • Innovatsionlik va dolzarblik20ball
  • Tijoratlashtirish va bozor salohiyati20ball
  • Prototip mavjudligi va uni takomillashtirish20ball
  • Jamoa salohiyati va motivatsiyasi10ball
Ariza tarkibi 8 blok
  • Loyiha g‘oyasi
  • Muammo tavsifi
  • Taklif etilayotgan yechim
  • Ilmiy-texnik asos
  • Maqsadli auditoriya
  • Jamoa tarkibi
  • Kutilayotgan natija
  • Mavjud resurslar

Zaruratga ko‘ra komissiya nomzodlar bilan qisqa suhbat yoki savol-javob sessiyasini o‘tkazadi.

Saralash kalendari

  1. 3–8-avgust

    Arizalarni filtrlash

    Arizalar ro‘yxatga olindi, mezonlarga javob bermaganlari chiqarildi.

  2. 11–15-avgust

    Texnik ekspertiza

    Texnologik yechim, bozor tahlili va moliyaviy model baholandi.

  3. 18–25-avgust

    Taqdimotlar

    10 daqiqalik offlayn pitchlar va mintaqaviy jamoalar uchun ZOOM sessiyasi.

  4. 29-avgust

    Final tanlov

    Mahalliy va mintaqaviy finalchilar so‘nggi taqdimotlarini o‘tkazdi.

03Akseleratsiya yo‘li

Uch bosqich · 8 hafta · 23 ta mashg‘ulot

Har bir bosqich aniq natija bilan yakunlanadi: jamoa keyingi bosqichga faqat belgilangan hujjat va materiallar bilan o‘tadi.

Ibosqich
8–22-sentabr

Tahlil va g‘oya

Mijozni chuqur o‘rganish: muammo haqiqatan bormi va uni kim, qancha to‘lab hal qilmoqchi?

  1. Ochilish marosimi

    Jamoalar tanishuvi, akselerator qoidalari, Problem Statement Canvas va ish rejasi.

  2. Customer Development

    Iste’molchini o‘rganish, mijoz muammolarini aniqlash va muammoli intervyu.

  3. Bozor va gipotezalar

    Bozorni o‘rganish asoslari va har bir loyiha bilan 20 daqiqalik individual mentorlik.

  4. Yechim intervyulari

    So‘rovnoma tuzish va MVPni sinash uchun respondentlar ro‘yxatini shakllantirish.

  5. MVP testi

    Potensial mijozlar bilan MVPni sinovdan o‘tkazish va fikr yig‘ish.

  6. Qiymat taklifi

    Loyihaning birinchi taqdimoti: mijozga aniq yechim taklif etish.

Dastur jamoasi

  • 2
    Loyiha boshqaruvchilari Biri ichki jarayonlarni, ikkinchisi hududiy jamoalar va hamkorlar bilan aloqani boshqaradi.
  • 2
    Mentorlar G‘oya, bozor, biznes-model va taqdimot bo‘yicha strategik maslahat beradi.
  • 2
    Trekerlar Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etadi va haftalik vazifalar ijrosini kuzatadi.
  • +
    Ilmiy-texnik mutaxassislar Tajriba dizayni, sinovlar va laboratoriya jurnallarini yuritishda yordam beradi.

Bitta o‘quv kuni qanday o‘tadi

  1. 1 soat

    Ma’ruza — Mavzu bo‘yicha nazariy bilim.

  2. 2 soat

    Laboratoriya — Olingan bilimni amaliyotda qo‘llash.

  3. 3 soat

    Mentor va treker — Jamoa loyihasi ustida individual ish.

  4. 4 soat

    Mustaqil ish — Materiallar, natijalar va taqdimotga tayyorgarlik.

Laboratoriyada ishlash qoidalari

  • Ishlar faqat mas’ul mutaxassis nazorati ostida
  • Xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligiga qat’iy rioya
  • Reaktiv va sarf materiallari tasdiqlangan tartibda
  • Natijalar protokol, jurnal va fotosuratlar bilan hujjatlanadi
  • 18 yoshgacha ishtirokchilar — faqat vakil roziligi bilan
  • Boshqa jamoalarning g‘oya va natijalari maxfiy saqlanadi
04Startaplar

25 ta jamoa — 25 ta ilmiy yechim

Sinbiotik ichimliklardan tortib onkologik tashxis qo‘yuvchi AI platformagacha: dasturda ishtirok etayotgan startap jamoalar va ularning loyihalari.

Portfel yo‘nalishlar kesimida 25 jamoa
  • FoodTech40%
  • AI va raqamli24%
  • MedTech20%
  • Biotex va ekologiya16%

ZarSin

FoodTech

Probiotik va prebiotiklarni birlashtirgan funksional sinbiotik ichimlik.

2 nafar

ElectroReboot

FoodTech

Elektrolit muvozanatini tiklovchi, suvsizlanishga qarshi regidratsiya kukuni.

1 nafar

Criscup

FoodTech

Bodringdan tayyorlangan sog‘lom snek — odatiy chipslarga tabiiy va yengil muqobil.

1 nafar

N-PEP

FoodTech

Cheklangan fermentativ gidroliz orqali no‘xat oqsilidan yaxshi o‘zlashtiriladigan, arzon protein gidrolizati.

1 nafar

Crispora

FoodTech

Crispora Kids — tabiiy ingredientlardan bolalar uchun foydali va mazali sneklar brendi.

1 nafar

HerbaSev

FoodTech

Izomalt asosida chinnigul, zirk va karkade ekstraktlaridan funksional shirinliklar — chupa-chups va draje.

3 nafar

TRITON BioDrink

FoodTech

Suvda tez eriydigan, kam shakarli funksional ichimlik yaratuvchi FoodTech loyihasi.

1 nafar

NurotaMixMeal

FoodTech

Nurota hududi xomashyosidan tez tayyorlanadigan sho‘rva, sous va milliy taom aralashmalari.

1 nafar

IronBaby

FoodTech

Bolalar uchun temirga boy sinbiotik pyure.

2 nafar

Tiklan

FoodTech

Yutish qiyinlashgan va operatsiyadan keyingi bemorlar uchun mahalliy xomashyodan enteral oziqlanish mahsuloti.

1 nafar

AIscan

AI va raqamli

Tibbiy tasvirlarni raqamlashtirib, onkologik kasalliklarga tashxis qo‘yishga yordam beruvchi platforma.

1 nafar

Driftline

AI va raqamli

Migrenni individual kuzatib, xavfli davrlarni oldindan aniqlovchi AI platforma.

1 nafar

SheTechAi

AI va raqamli

Xotin-qizlarga sun’iy intellektni kasbi va qiziqishiga mos o‘rgatuvchi adaptiv raqamli platforma.

1 nafar

Dentista

AI va raqamli

Bolalarda kariyes va prikus muammolarini erta aniqlovchi va og‘iz salomatligini kuzatuvchi AI platforma.

4 nafar

ImmunApp

AI va raqamli

Emlashni nazorat qiluvchi va aholining tibbiy savodxonligini oshiruvchi yagona raqamli yechim.

1 nafar

FARMALIZ

AI va raqamli

Farmatsevtik hujjatlarni tekshiruvchi sun’iy intellekt platformasi.

1 nafar

PCRa diagnostics

MedTech

Qayta ishlatiladigan portativ analizator va kartrijlar yordamida kasalliklarni 30 daqiqada aniqlash.

1 nafar

SmartDrop

MedTech

Tomchilatgich jarayonini real vaqtda kuzatib, xavf haqida hamshiraga zudlik bilan xabar beruvchi smart tizim.

2 nafar

Amnio-test

MedTech

Homila suvining erta ketishini tez va oson aniqlovchi mahalliy ekspress-test.

1 nafar

DryBody

MedTech

Gipergidrozda terlashning oldini oluvchi va bel og‘rig‘i profilaktikasiga yordam beruvchi ichki kiyim.

2 nafar

Tinchlan

MedTech

Xodimlar, talabalar va yoshlar uchun stressni boshqarishga yordam beruvchi psixologik yordam aptechkasi.

1 nafar

Pomora

Biotex va ekologiya

Meva po‘stlog‘idan olinadigan, terini o‘rnini bosuvchi ekologik material.

2 nafar

EcolabUz

Biotex va ekologiya

Yopiq fotobioreaktorda spirulinani sensorlar nazoratidagi steril muhitda yetishtirish.

3 nafar

MicroGreenuzb

Biotex va ekologiya

O‘zbekiston bo‘ylab mikrozelen yetishtirish va yetkazib berish.

1 nafar

BioPack

Biotex va ekologiya

Kartoshka po‘stlog‘i kraxmalidan biologik parchalanadigan ekologik paket.

4 nafar
Demo Day

31-oktabr — investorlar oldida yakuniy taqdimot

Demo Dayga barcha talablarni bajargan va tayyor MVP yoki prototipga ega jamoalar yo‘naltiriladi.

Jamoalar nima bilan chiqadi

  • Prototip, tajriba namunasi yoki MVP
  • Biznes-reja va bozor strategiyasi
  • Mahsulot tannarxi va qadoqlash konsepsiyasi
  • Huquqiy rasmiylashtirish va IP rejasi
  • Investorlar uchun pitch deck

Keyingi qo‘llab-quvvatlash

  • Sertifikat va tavsiyanoma
  • Ekspert xulosasi
  • Grant va investitsiya dasturlariga yo‘naltirish
  • Sanoat korxonalari bilan uchrashuvlar

Demo Dayda yuqori baho moliyalashtirishni avtomatik kafolatlamaydi — grant va investitsiyalar alohida mezonlar asosida ajratiladi.

Ilmiy g‘oyangizni startapga aylantiring

“InnoLab” bitiruvchilari “Bo‘lajak olim” grant dasturi orqali loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatiga ega.