Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

“Kelajak muhandislari” startap akseleratsiya dasturi

Iqtidorli yoshlarning muhandislik g‘oyalarini bozor talablariga mos, ishlaydigan MVP va sanoat prototipi darajasiga olib chiquvchi 2 oylik intensiv dastur

2026-yil · Akseleratsiya markazi, “INNO” texnoparki Fotoalbom Natijalar
212 ta ariza apply.yito.uz platformasi orqali
40 nafar ishtirokchi 20 nafardan 2 ta guruhda
35 ta loyiha MVP darajasida ishlaydigan prototip bilan Demo Dayga
262 mln so‘m jalb qilingan investitsiya va grantlar
01Dastur haqida

Muhandislik g‘oyasidan — ishlaydigan mahsulotgacha

“Kelajak muhandislari” — respublikadagi iqtidorli va tashabbuskor yoshlarning muhandislik g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlab, ularni amaliy, tijoratlashuvga tayyor minimal hayotiy mahsulot (MVP) darajasiga olib chiqishga qaratilgan akseleratsiya dasturi.

O‘quv davri 25-iyun – 29-avgust, 2026
Maskan Akseleratsiya markazi, “INNO” texnoparki
Format 2 guruh × 20 nafar, 3 bosqich
Ishtirokchilar 18–40 yoshdagi yoshlar
Demo Day 29-avgust, 2026

Har bir ishtirokchi individual kompyuter, kovorking hududi, ilg‘or laboratoriyalar va ishlab chiqarish dastgohlaridan foydalandi. Loyihalar ustida mentorlar, trekerlar va dastur menejerlari jamoasi kunlik va haftalik sprintlar asosida ishladi.

Dastur Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 26-maydagi 221-son buyrug‘i hamda Ofis direktorining 15-iyundagi 6-son buyrug‘iga asosan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etildi.

Dastur tamoyili

Real muammo → real bozor → real mahsulot

Dastur vazifalari

  1. 01

    Tanlab olingan loyihalarni dastlabki prototip va MVP darajasiga yetkazish

  2. 02

    Muhandislik startaplarini Hardware — fizik qurilma ko‘rinishiga keltirishga ko‘maklashish

  3. 03

    Texnik, marketing, biznes-rejalashtirish va jamoa boshqaruvi ko‘nikmalarini rivojlantirish

  4. 04

    Loyihalarni investorlar, sanoat va davlat buyurtmachilari bilan bog‘lab, amaliyotga joriy etish

Dastur xronologiyasi

  1. 26-may

    Vazir buyrug‘i

    221-son buyruq bilan akseleratsiya dasturi va uning xarajatlar smetasi tasdiqlandi.

  2. 15-iyun

    Ariza va saralash

    apply.yito.uz platformasi ishga tushdi, 212 ta arizadan 40 ta loyiha saralandi.

  3. 25-iyun – 28-avgust

    Akseleratsiya

    Uch bosqich: tahlil va g‘oya, ishlab chiqarish va MVP, tijoratlashuv.

  4. 29-avgust

    Demo Day

    Jamoalar MVPlarini hakamlar, investorlar va sanoat vakillari oldida himoya qildi.

Akseleratsiya markazi

G‘oyadan sanoat prototipigacha — bir binoda

“INNO” texnoparkida dastur uchun zamonaviy Akseleratsiya markazi tashkil etildi: laboratoriya sinovlari, ishlab chiqarish jarayonlari va mentorlik darslari bitta platformada.

  1. 01

    40 ta zamonaviy kompyuter — Har bir ishtirokchi uchun alohida jihozlangan ish o‘rni.

  2. 02

    Uch funksional zona — Ishlash zonasi, co-working va Demo Day sahnasi.

  3. 03

    Laboratoriya va dastgohlar — 3D printer, lazer, CNC, tokarlik va payvandlash uskunalari.

  4. 04

    apply.yito.uz platformasi — Arizalarni onlayn qabul qilish va saralash tizimi.

02Saralash

212 ta arizadan — 40 ta muhandislik loyihasi

Arizalar faqat rasmiy platforma orqali qabul qilinib, ishchi guruh tomonidan ikki bosqichda — texnik ekspertiza va mazmuniy saralash asosida ko‘rib chiqildi.

  1. 01 212 Ariza topshirildi apply.yito.uz platformasi orqali onlayn.
  2. 18,9% arizalardan 02 40 Dasturga qabul 100 ballik mezonlar bo‘yicha saralandi.
  3. 87,5% 03 35 MVP darajasida Ishlaydigan prototip yaratildi.
  4. 82,9% 04 29 Final bosqichida “Bo‘lajak olim” tanlovining yakuniy bosqichi.
Saralash mezonlari 100 ball
  • Muhandislik yechimi va Hardware salohiyati30ball
  • Innovatsionlik va dolzarblik20ball
  • Tijoratlashtirish va bozor salohiyati20ball
  • Prototip mavjudligi va takomillashtirish20ball
  • Jamoa salohiyati va motivatsiyasi10ball
Kimlar ishtirok etadi Nizom
  • 18–40 yoshdagi yoshlar
  • O‘qish va ish joyidan qat’i nazar
  • Muhandislik, robototexnika, transport texnologiyalari
  • Ariza faqat rasmiy sayt orqali
  • Texnik ekspertiza → saralash
  • Natijalar rasmiy saytda e’lon qilinadi

Ikki yoki undan ortiq ishtirokchining bali teng bo‘lsa, qaror ishchi guruh ovozi bilan qabul qilinadi.

“Demo Day”da baholash mezonlari

  • Dastur davomidagi o‘sish
  • Prototip va MVPning ishlash darajasi
  • Taqdimot uslubi
  • CustDev va birinchi 10 ta mijoz
  • Tannarx, texnik pasport, qadoqlash
  • Patent, DGU va UzDSt talablari
  • Kuchli jamoa
  • Bozor qiymati va o‘sish
  • Muammoga innovatsion yechim
  • Til bilish va nutq madaniyati

Demo Day yakunida eng yaxshi 3 ta loyiha yetakchilari dastur hisobidan texnologik rivojlangan davlatlarga tajriba almashish stajirovkasiga yuboriladi.

03Dastur yo‘li

Uch bosqich — 60 kunlik amaliyot

Har bir bosqich 20 kun davom etdi. Mashg‘ulotlar menejer nazorati, ikki mentor bloki va treker bilan sprint tahlilidan iborat.

Ibosqich
25-iyun – 17-iyul

Tahlil va g‘oya

Prototipdan oldin — muammo, mijoz va bozor.

  1. Ochilish va muammo

    Ish joylari va texnika xavfsizligi, loyiha muammosini aniqlash, 3D detal chizish.

  2. CustDev va sensorlar

    Mijozlar bilan suhbat va muammoni tasdiqlash; sensorlarni ulash va sinash.

  3. Raqobat tahlili

    Bozordagi o‘xshash mahsulotlar; o‘lchov asboblari bilan ishlash.

  4. Maxsus spikerlar kuni

    Vazir, rektorlar va sanoat rahbarlari bilan uchrashuv.

  5. 3D chop etish va tannarx

    STL fayllarni sozlash, komponentlar bo‘yicha tannarx va unit-ekonomika.

  6. Kompaniya tuzish

    YaTT, MCHJ va soliq tizimini tanlash: “Har bir startap — bitta MCHJ”.

Bir o‘quv kuni tartibi

  1. 10:00

    Dastur menejeri — Sprintlar, resurslar va dastgohlar navbatini muvofiqlashtirish.

  2. 11:10

    Texnik mentor — Muhandislik amaliyoti: elektronika, 3D, dastgohlar.

  3. 14:00

    Biznes mentor — Mijoz, tannarx, marketing va huquqiy masalalar.

  4. 16:00

    Treker — Sprint tahlili va keyingi vazifalar.

Ishtirokchilar o‘zlashtirgan vositalar

  • Arduino
  • ESP32 · IoT
  • Raspberry Pi
  • SolidWorks
  • 3D chop etish · Cura
  • Lazer bilan kesish
  • CNC · G-code
  • PCB · EasyEDA
  • Payvandlash
  • CustDev
  • Pitch Deck
  • Patent · IP
  • ISO · UzStandart
  • FMEA
Mentorlar va spikerlar

Sanoat, biznes va davlat — bir sahnada

Dasturga tajribali muhandislar, tadbirkorlar va investorlar mentor sifatida, vazirlik va universitetlar rahbarlari spiker sifatida jalb qilindi.

Mentorlar

  • Umid Eshonqulov“Millat umidi” universiteti asoschisi
  • Rasulbek XakimovADM Jizzax R&D mutaxassisi
  • Jasur Xolxo‘jaevMuhandis, texnika fanlari doktori (DSc)
  • Ilhomjon AliyevU-ENTER innovatsiya tadbirkorlik markazi direktori
  • Zokir UmedovAmaan.uz platformasi bosh ijrochi direktori
  • Laylo IsmailovaUzcombinator asoschilaridan biri
  • Shahzod UmirzakovTassVision asoschisi
  • Oybek XoliqulovStartap asoschisi, texnologiyalarni tijoratlashtirish mutaxassisi
  • Muhammad MaftunToshkent kimyo-texnologiya instituti katta o‘qituvchisi
  • Abdulaziz Yakubov“Yoshlar Ventures” jamg‘armasi boshqaruv direktori

Maxsus spikerlar

  • Ko‘ng‘irotboy SharipovOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
  • O‘ktam SalomovVazir o‘rinbosari
  • Olimjon To‘ychiyevTurin politexnika universiteti rektori
  • Akbarxon SobirxonovVazir maslahatchisi
  • Bahodir Ahmedov“Yangi O‘zbekiston” universiteti rektori
  • Azizbek IlhamovInnovatsion rivojlanish agentligi boshqarma boshlig‘i
  • Jamshid KaniyevToshkent kimyo xalqaro universiteti prorektori
04Natijalar

Akseleratsiyadan — real buyurtma va investitsiyagacha

Dastur loyihalarni nazariya bilan cheklamay, ularni mehnat bozori, ishlab chiqarish, davlat tashkilotlari va mijozlar bilan bog‘ladi.

6ta startapda buyurtma va dastlabki mijozlar
10+yangi ish o‘rni yaratildi
12nafar ishtirokchi ish o‘rniga ega bo‘ldi
15+nafar yosh xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etdi
6nafar xorijiy til bilish sertifikatini oldi
4nafar ishtirokchi oliygoh talabasi bo‘ldi

Muvaffaqiyat hikoyalari

Shunqor-8132 mln so‘m investitsiya

Shunqor-8

Loyiha Davlatimiz rahbariga taqdim etildi, Mudofaa vazirligi va harbiy sohadagi tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishildi.

AgroTechnology30 mln so‘m investitsiya

AgroTechnology

ADM korxonasidan ish taklifi va Jizzax viloyati hokimligidan birinchi buyurtma; muallif Turin politexnika universitetiga grant asosida tavsiya etildi.

Davlat buyurtmasi

Qaytmas

Minalarga qarshi mini tank loyihasi bo‘yicha maxsus yer usti droniga buyurtma olindi, texnopark loyiha uchun alohida xona ajratdi.

M-01Texnoparkda ish taklifi

M-01

Formula avtomobili loyihasi asoschisi “INNO” texnoparkida faoliyatini davom ettirish taklifini oldi.

Robo SavatchaKorzinka va Makro

Robo Savatcha

Aqlli savat supermarketlar tarmoqlari asoschilariga taqdim etilib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.

WindFlower Energy Uzbekistan20 mln so‘m grant

WindFlower Energy Uzbekistan

Prototip va 3D ko‘rinishlari tayyorlandi, “Yashil tashabbuslar” respublika tanlovida grant yutildi.

80 mln so‘m grant

Free Energy Pro6

Akseleratsiya davomida qurilma dizayni yangilanib, takomillashtirildi va grant yutib olindi.

Dastlabki mijoz

Ecovision

Loyiha Toshkent viloyati sanoatini rivojlantirish mas’ullariga taqdim etilib, hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bosh vazirga taqdimot

Health Station

Ishlab chiqilgan yechim O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga taqdim etildi.

135mln so‘mgacha

“Bo‘lajak olim” rag‘batlantirish tanlovi

Demo Dayda ijobiy baholangan loyihalar 135 mln so‘mgacha bir martalik mablag‘ bilan rag‘batlantiriladi — 29 ta loyiha tanlovning yakuniy bosqichiga yetib keldi.

TOP-3loyiha

Xorijiy stajirovka

Eng yaxshi 3 ta loyiha yetakchilari Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya yoki Germaniya kabi davlatlarga tajriba almashish va xalqaro investorlarga taqdimot uchun yuboriladi.

Loyihalar

Dastur loyihalari katalogi

Dronlar va robototexnikadan energetika, agrotexnologiya va sun’iy intellektgacha — akseleratsiyada ishlangan muhandislik loyihalari va ularning rahbarlari.

53 ta loyiha

  1. 01 AeroLift Atoyev Umid · Turin politexnika universiteti
  2. 02 Robot Savatcha (RoboSavat) Obutjanova Durdona · Toshkent davlat transport universiteti
  3. 03 Sky Hunter Ibrohimov Azizbek · Toshkent davlat transport universiteti
  4. 04 Shunqor-8 Ismailov Biloliddin · Turin politexnika universiteti
  5. 05 Firefighting Robot Ismoilov Anvarjon · Turin politexnika universiteti
  6. 06 Chiqindilarni yig‘ishning avtonom intellektual qurilmasi Xolmatov Hasan · Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti
  7. 07 Green Car Otamurodov Oybek
  8. 08 Chiqindidan energiya oluvchi konteyner Jumabayeva Saodatjon · Toshkent davlat transport universiteti
  9. 09 Registrator Mardiyev Og‘abek · Toshkent davlat transport universiteti
  10. 10 Auto Print Box Ramazonov Lazizxon · Toshkent davlat transport universiteti
  11. 11 UpWheelchair Eshonqulov Ahror · Toshkent davlat texnika universiteti
  12. 12 Arlon Zufarov Nasrulloh · Toshkent davlat texnika universiteti
Barcha loyihalarni ko‘rsatish
  1. 13 TSTU Book vending machine Matqurbonov Bunyodbek, Ibodullayev Umurzoq · Toshkent davlat transport universiteti
  2. 14 Ecovision Abdurafiqov Behzod, Sodiqov Temirali · Toshkent davlat texnika universiteti
  3. 15 Robot-Patrul Tolqunov Abdulbosit · Turin politexnika universiteti
  4. 16 Avtomatlashtirilgan payvandlash Nasriddinov Izzatilla · Olmaliq davlat texnika instituti
  5. 17 KIVTSTU — universal platforma Kozimbekov Kamron · Toshkent davlat transport universiteti
  6. 18 Energiya va aloqa qurilmasi Qudratov Ozodbek · Toshkent davlat texnika universiteti
  7. 19 Smart Drop Sayfiddin Hoji Qadriddin · Toshkent davlat tibbiyot universiteti
  8. 20 AgroTechnology Abdujabborov Sodiqjon · Samarqand veterinariya meditsinasi universiteti akademik litseyi
  9. 21 EcoChain Mayer Mikhail
  10. 22 ISA — AI Samandarov Iskandar · Arizona State University
  11. 23 ARDS — avtonom qutqaruv dron tizimi Choriyeva Nigina · Toshkent davlat transport universiteti
  12. 24 AI smart agriculture rover Dilmurodova Mahdiyabonu · Turin politexnika universiteti
  13. 25 Aqlli purkagich Sharipov Shokir · Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti
  14. 26 Qaytmas — ko‘p funksiyali yer usti droni Mustafoyev Jasur · Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti
  15. 27 Innovatsion samolyot simulyatori Abdaliyev Komronbek · Turin politexnika universiteti
  16. 28 M-01 Madrimov Murod · Toshkent davlat texnika universiteti
  17. 29 CHOCO-PRINT PRO 2.0 Marasulova Shaxnoza · Toshkent davlat transport universiteti
  18. 30 Gerkules droni Rustamov Dilmurod · Turin politexnika universiteti
  19. 31 Health Station Urunov Asadbek · Turin politexnika universiteti
  20. 32 Innovatsion platforma Xasanboyev Axrorjon · ARLOT GROUP
  21. 33 KO‘RMO‘S Raximov Komronbek · Turin politexnika universiteti
  22. 34 Gidroponika usulida oziq-ovqat yetishtirish Shodiyev Samandar
  23. 35 Memora AI Ilhomova Madinaxon · Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti
  24. 36 Gardanika Atadjanov Olloshukur · Toshkent kimyo xalqaro universiteti
  25. 37 Elektr energiyasiz suv chiqarish qurilmasi Maxmanazarov Sardor
  26. 38 Zarbadar Asadullayev Mansurxon
  27. 39 Dron launcher Ahmadjonov Azamjon
  28. 40 AquaNova Sheraliyev Akobir · Turin politexnika universiteti
  29. 41 Humo Air Sultonov Abubakir
  30. 42 Guide AI — aqlli turistik ko‘zoynak Seytibaev Rasul · TOBB ETU universiteti
  31. 43 EcoSort — chiqindilarni aqlli saralash Qiyomov Sardor · Turin politexnika universiteti
  32. 44 Hilight Safarov Jonibek
  33. 45 Zardob F1 — kelajak avtomobili Xosilov Muhammadali
  34. 46 Iste’mol qilinadigan bioplyonka Madusmonova Zilola · Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali
  35. 47 Yaxshi.Link Abdullaev Nurmuhammad · Turin politexnika universiteti
  36. 48 WindFlower Energy Uzbekistan Saidrakhmonova Sabrina · Prezident maktabi, Toshkent
  37. 49 Auto Turret Sodikov Shukrullo
  38. 50 AgroRover Nazarbekov Javohir
  39. 51 FIDO Hayriddinov Sunnatulla · ARLOT GROUP
  40. 52 Formula Student Kurbonov Botirjon · ARLOT GROUP
  41. 53 Metro Engineering Berdiyev Usmon
Lavhalar

Akseleratsiya kadrlarda

Dastgohlar oldida, mentorlar davrasida va Demo Day sahnasida — dasturning eng yorqin lahzalari.

01
Lazer, CNC, tokarlik va payvandlash

Amaliyot va ishlab chiqarish

5 ta lavha
“Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha
02
Sessiyalar, ochiq muloqot va xalqaro trening

Mentorlik va treninglar

5 ta lavha
“Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha
03
29-avgust, 2026

Demo Day

7 ta lavha
“Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha “Kelajak muhandislari” akseleratsiya dasturidan lavha
Fotoalbom

Akseleratsiya fotoalbomi

Loyihalar, mentorlik sessiyalari, amaliy treninglar va Demo Day — 42 sahifalik rasmiy fotoalbom.

Sahifa1 / 42

Varaqlash uchun sahifa burchagini torting, strelkalar yoki pastdagi eskizlardan foydalaning.

Muhandislik g‘oyangizni MVPga aylantiring

Dastur yangiliklari va navbatdagi qabul haqidagi ma’lumotlar apply.yito.uz platformasida e’lon qilinadi.