“Kelajak muhandislari” yozgi oromgohi maktab o‘quvchilarini muhandislik, texnologiya va ilm-fanga yoshlikdan oshno qilish uchun tashkil etildi. 40 nafar o‘quvchi to‘rt kun davomida haqiqiy laboratoriyalarda robot yig‘di, 3D model chizdi, DNK ajratdi va dron uchirdi.
Sana1–4-iyul, 2026
JoyiINNO texnoparki, Toshkent
Ishtirokchilar10–15 yoshli o‘quvchilar
Kun tartibi09:00 – 18:30
Format2 guruh × 20 nafar
Oromgoh nazariy bilimni amaliy mashg‘ulot, jamoaviy musobaqa va ilhomlantiruvchi shou bilan uyg‘unlashtiradi. Har bir kun alohida texnologiya yo‘nalishiga bag‘ishlangan, mashg‘ulotlarni soha mutaxassislari — mentorlar olib boradi.
Ishtirokchilar respublika umumta’lim maktablari o‘quvchilari orasidan saralab olindi: aniq fanlarga qiziqish, texnik ijodkorlik va tashabbuskorlik inobatga olindi. Amaliyot uchun ular 20 nafardan ikki guruhga, laboratoriyalarda esa 10 kishilik kichik jamoalarga bo‘lindi.
Oromgoh vazifalari
01
STEM — fan, texnologiya, muhandislik va matematikaga qiziqish uyg‘otish
02
Robototexnika va dasturlash bo‘yicha amaliy ko‘nikma berish
03
3D modellashtirish, lazer kesish va raqamli ishlab chiqarish bilan tanishtirish
04
Biotexnologiya va laboratoriya madaniyatini shakllantirish
05
Aviatsiya va dron texnologiyalari asoslarini o‘rgatish
06
Iqtidorli bolalarni aniqlab, keyingi ta’lim va innovatsion dasturlarga yo‘naltirish
Tashkil etish bosqichlari
I bosqich
Saralash
Mezonlar e’lon qilinib, maktab o‘quvchilari orasidan 40 nafar iqtidorli bola tanlab olindi.
II bosqich
Tayyorgarlik
Mentorlar va volontyorlar jamoasi shakllantirildi, laboratoriyalar va jihozlar tayyorlandi.
III bosqich
Intensiv dastur
To‘rt kun davomida master-klasslar, amaliyot, musobaqalar va tashriflar.
IV bosqich
Yopilish va taqdirlash
Barcha ishtirokchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
02Dastur
To‘rt kun — to‘rt texnologiya olami
Ertalab — xavfsizlik va nazariya, kun davomida — amaliyot, kechqurun — musobaqa yoki tashrif. Uyga esa o‘z qo‘li bilan yasalgan buyum va yangi vazifa.
01kun
1-iyul, chorshanba
Robototexnika kuni
Tanishuv, ochilish marosimi va birinchi robotlar — oromgoh shu kuni boshlandi.
Kutib olish va “Orzular devori”
Ro‘yxatdan o‘tish, maxsus forma, tanishuv va ota-onalar bilan uchrashuv.
Ochilish marosimi va Fizik show
Oromgohga start berildi, qiziqarli fizik tajribalar namoyish etildi.
Robototexnika va LEGO Robo
Ikki guruh: robot yig‘ish, sensorlar bilan ishlash va dasturlash asoslari.
Sun’iy intellektdan unumli foydalanish
SI vositalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot.
Kino time
“Shamolni bo‘ysundirgan bola” — ixtirochilik haqidagi ilhomlantiruvchi film.
02kun
2-iyul, payshanba
3D modellashtirish va lazer texnologiyalari kuni
Raqamli ishlab chiqarish: g‘oyadan chizmaga, chizmadan tayyor buyumga.
Badan tarbiya va xavfsizlik yo‘riqnomasi
3D printer va lazer uskunalarida ishlash qoidalari.
3D modellashtirish va lazer kesish
Ishlab chiqarish maydonida 10 kishilik guruhlar har soatda o‘rin almashdi.
LEGO Robo
Ikkinchi guruh robototexnikani davom ettirdi, tushdan keyin guruhlar almashdi.
Turin politexnika universitetiga tashrif
Universitet laboratoriyalari va talabalar hayoti bilan tanishuv.
03kun
3-iyul, juma
Biotexnologiya va ilmiy tajribalar kuni
Laboratoriya xalatida — hayot kodi bilan tanishuv, kechqurun esa robotlar bellashuvi.
DNK haqida kirish ma’ruzasi
Laboratoriya xavfsizligi va hayot kodi haqida qisqa suhbat.
Biotexnologiya laboratoriyasi
Tabiiy fanlar bo‘yicha laboratoriya tajribalari va amaliyot.
Robo-futbol musobaqasi
Jamoalar o‘z robotlari bilan bellashdi, g‘oliblar taqdirlandi.
Wall-e robotini yig‘ish
Mentor rahbarligida mashhur multfilm qahramoni — robotni yig‘ish.
04kun
4-iyul, shanba
Aviatsiya va dron texnologiyalari kuni
Osmonga birinchi qadam: raketa modellari, mini-dronlar va tantanali yakun.
Raketa modellashtirish
Ochiq maydonda raketa modelini yasash va uchirish.
Tiny Whoop dronlarini uchirish
Mini-dronlarni boshqarish amaliyoti, tushdan keyin guruhlar almashdi.
Taqdirlash marosimi
Hisobot videorolik, tabrik so‘zi va eng faol ishtirokchilarni taqdirlash.
Sertifikatlar
Dasturni yakunlagan barcha ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.
Dastur vaqti qanday taqsimlandi≈36 soat
57%17%26%
Amaliyot va musobaqalar≈20,5 soat
Shou, tashrif va marosimlar≈6 soat
Ovqatlanish, sport va tashkiliy≈9,5 soat
Amaliy mashg‘ulot soatlari, kunlar kesimidasoat
01 · Robototexnika3,5soat
02 · 3D va lazer4soat
03 · Biotexnologiya7,5soat
04 · Aviatsiya va dron5,5soat
Kunlik dastur jadvali asosida hisoblangan. 3-kun eng “amaliy” bo‘ldi: laboratoriya, Robo-futbol va Wall-e yig‘ish.
Foto lavhalar
Kun-ba-kun: oromgoh lavhalari
Ochilish marosimi va fizik shoudan tortib ishlab chiqarish maydoni va biotexnologiya laboratoriyasigacha — har bir kun o‘z kadrlarida.
01
1-iyul, chorshanba
Robototexnika kuni
11 ta lavha
02
2-iyul, payshanba
3D modellashtirish va lazer texnologiyalari kuni
9 ta lavha
03
3-iyul, juma
Biotexnologiya va ilmiy tajribalar kuni
4 ta lavha
Fotoalbom
Oromgoh kadrlarda
Laboratoriyalar, mashg‘ulotlar va ilk ixtirolar — to‘rt kunlik oromgohdan lavhalar.
Sahifa1 / 5
Varaqlash uchun sahifa burchagini torting, strelkalar yoki pastdagi eskizlardan foydalaning.
03Jamoa va maskan
12 mentor, 7 maskan, bitta maqsad
Mashg‘ulotlarni texnopark muhandislari, ta’lim kompaniyalari va universitetlar mutaxassislari olib bordi; har bir yo‘nalish o‘z laboratoriyasida o‘tdi.
Mentorlar yo‘nalishlar bo‘yicha
4
KoordinatorlarKun tartibi, xavfsizlik va ota-onalar bilan aloqa uchun mas’ul.
3
3D va lazer ishlab chiqarishINNO texnoparki ishlab chiqarish bo‘limi mutaxassislari.