21-may – O‘zbekistonda Kutubxonachilar kuni!
Bugun mamlakatimizda maʼrifat maskanlarining fidoyilari, ilm-fan xazinabonlari bo‘lmish kutubxona xodimlari o‘z kasb bayramlarini nishonlamoqdalar.
Yoshlarni mutolaa, tafakkur va ma’rifat sari yetaklayotgan barcha fidoyi kutubxonachilarni chin qalbdan tabriklaymiz!
Sizlar:
📖 ilm ulashasiz,
🧠 tafakkurni boyitasiz,
✨ yoshlar qalbida orzu va maqsad uyg‘otasiz.
Kutubxona – shunchaki kitoblar maskani emas, balki kelajak bunyod bo‘ladigan ma’rifat dargohidir.
Ana shu maskanning yuragi esa – Siz, aziz kutubxonachilarsiz!
Minglab kitoblar orasidan insonlarga kerakli nur, bilim va ilhom topib berayotgan sharafli kasb egalariga samimiy tashakkur bildiramiz.
Barcha kutubxonachilarga mustahkam sog‘liq, cheksiz sabr va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!