23-iyun — Davlat xizmati kuni
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni ro‘yobga chiqarishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin tutadi.
Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali natija berishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz hamda kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir. Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barcha davlat xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz. Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar, ulkan zafarlar va yuksak marralar tilaymiz.
Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!