Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Voqealar taqvimi

30-iyun — Yoshlar kuni

30-iyun — Yoshlar kuni

Yoshlar — har qanday davlatning eng katta boyligi, taraqqiyot va yangilanish kuchidir. Ularning bilimga intilishi, tashabbuskorligi va fidoyiligi jamiyat rivojining muhim omili hisoblanadi.

Dunyo aholisining qariyb 1,8 milliardini 10–24 yoshdagi yoshlar tashkil etadi. Bu insoniyat tarixidagi eng katta yoshlar avlodlaridan biridir.
Har bir yoshning g‘oyasi, bilimi va intilishi kelajak poydevorini yaratadi. Shuning uchun yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yangi imkoniyatlar yaratish bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Aziz yoshlar!
Sizlarning energiyangiz, orzularingiz va mehnatingiz Yangi O‘zbekistonning porloq kelajagini bunyod etadi.

Kategoriya: Voqealar taqvimi