Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Voqealar taqvimi

5-iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

5-iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni

Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklarni asrab-avaylash har birimizning fuqarolik burchimizdir. Tabiatga e’tibor — kelajakka e’tibordir.

Ekologik madaniyatni rivojlantirish, chiqindilarni kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish orqali sog‘lom va barqaror muhitni shakllantirish mumkin. Bu esa kelajak avlodlar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni 1972-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan ta’sis etilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng nishonlanadi. Ushbu sana ekologik muammolarga e’tibor qaratish, tabiatni asrash va aholi o‘rtasida ekologik mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Daraxt ekish, suv va energiyani tejash, chiqindilarni saralash kabi oddiy amallar ham atrof-muhitni muhofaza qilishga munosib hissa qo‘shadi. Yashil va toza muhit esa inson salomatligi hamda barqaror taraqqiyotning muhim garovidir. 🌍🌱♻️🌿

Kategoriya: Voqealar taqvimi