Buxoroda O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumi bo‘lib o‘tadi.
2026-yil 21–23-may kunlari soat 14:00 da Buxoro davlat texnika universiteti mezbonligida O‘zbekiston–Turkiya IV rektorlar forumi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur forum ikki davlat oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan muhim xalqaro platforma hisoblanadi.
Anjuman davomida O‘zbekiston va Turkiya universitetlari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.