Yoshlarning Innovatsion Tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Tadbirlar

"Kelajak muhandisi" xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi

"Kelajak muhandisi" xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi

Toshkent shahridagi Adju universitetida 7-8-yanvar kunlari maktab va litsey bitiruvchi oʻquvchilari oʻrtasida "Kelajak muhandisi" xalqaro olimpiadasi boʻlib oʻtdi. Ushbu anjumanda respublikamizdan 500 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilar oʻzlarining aql-zakovati, ijodkorligi va innovatsion tafakkurini namoyish etdi.

Ishtirokchilar oʻzlarining yorqin loyihalari bilan qatnashdilar. Yosh arxitektorlar tomonidan qogʻozdan yaratilgan arxitektura maketlari ogʻirlik bilan sinovdan oʻtkazildi. Kelajak muhandislari sunʼiy intellektdan foydalangan holda murakkab qurilish konstruksiyasini loyihaladi va maketini bunyod qildi.  Boʻlajak kompyuter mutaxassislari murakkab IT-vazifalarni bajardilar  hamda skriptlar va ilovalar yaratdilar. 

Ishtirokchilarning ijodiy ishlanmalari koreyalik professor va yetakchi mutaxassislardan tashkil topgan hakamlar hayʼati tomonidan baholandi. Gʻolib boʻlgan 28 nafar  oʻquvchilarga Toshkent shahridagi Adju universitetiga imtiyozli shartnoma asosida kirish imtihonlarisiz oʻqishga qabul qilinganliklari toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.

Kategoriya: Tadbirlar