“Kelajak muhandislari”: “Robo futbol” musobaqasi
“Alpomish” muz saroyida robototexnika muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi qiziqarli musobaqalardan biri — “Robo futbol” bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Unda jamoalar o‘zlari ishlab chiqqan robotlar yordamida maxsus futbol maydonida o‘zaro kuch sinashadi. Asosiy maqsad — raqib darvozasiga imkon qadar ko‘proq gol urish.
“Robo futbol” o‘yini 2 ta taymdan iborat bo‘lib, har bir taym 2 daqiqa davom etadi.
Mazkur musobaqa ishtirokchilardan dasturlash, mexanika, sun’iy intellekt asoslari hamda strategik fikrlash ko‘nikmalarini talab etadi.
Jamoalar robotlarni samarali boshqarish, o‘yin taktikalarini ishlab chiqish va texnik muammolarni tezkor hal etish orqali o‘z mahoratini namoyon etmoqda.