Koreya – Markaziy Osiyo: AI va innovatsiyalar sari yangi qadam!
Bugun, 14-sentabr kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlarining sun’iy intellekt, fan va texnologiyalar bo‘yicha vazirlar darajasidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston nomidan Akbarxon Sobirxonov — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi, ofis direktori ishtirok etdi.
Uchrashuvda universitetlar, ilmiy markazlar va texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, AI va innovatsiyalar bo‘yicha qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.