Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Voqealar taqvimi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final — Respublika bosqichi boshlanadi

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining final — Respublika bosqichi boshlanadi

Joriy yilning 19-22-may kunlari Toshkent shahrida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Tanlovning ochilish marosimi 19-may soat 10.00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi.


Tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralab olingan 280 nafar iqtidorli yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalari, startap loyihalari hamda ixtirochilik ishlanmalari bilan ishtirok etadi. Mazkur tanlov yoshlarning ilmiy-innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi avlod ixtirochilarini kashf etishga xizmat qiladi. Final bosqichini kuzatib boring — eng yaxshi innovatsion g‘oyalar va eng iqtidorli yoshlar aynan shu maydonda jam bo‘ladi.

Kategoriya: Voqealar taqvimi