Yoshlarning Innovatsion Tashabbuslarini Qo'llab-Quvvatlash Ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Yangiliklar

Startap ekotizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Startap ekotizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Plug and Play Tech Center mintaqaviy direktori bilan startap ekotizimini rivojlantirish, universitetlar innovatsion dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish masalalarini muhokama qildi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kung'ratboy Sharipov Plug and Play Tech Center mintaqaviy direktori Alfredo Gomes Soriya bilan uchrashdi. Uchrashuqda Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyat yurituvchi direktori Asror Norov va Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi direktori Akbarxon Sobirxonov ham ishtirok etdi.

Plug and Play — Silikon vodiysi, AQShda tashkil etilgan xalqaro innovatsion platforma va venchur akselerator hisoblanadi. Platforma dunyo bo'ylab 65 dan ortiq ofisga, 600 dan ziyod korporativ hamkorga ega bo'lib, 100 000 dan ortiq startap bilan hamkorlik qiladi.

Muzokaralar davomida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha takliflar o'rganildi:

  • Oliy o'quv yurtlari ishtirokida maxsus akselerator dasturlarini tashkil etish;
  • Universitetlar startaplari uchun milliy tanlovlar o'tkazish;
  • Texnologiyalarni uzatish va innovatsion loyihalarni xalqaro bozorlarga olib chiqish;
  • Iste'dodli yoshlarni xalqaro startap ekotizimiga integratsiya qilish.

Tomonlar hamkorlikni innovatsiyalar, startaplar va universitetlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan amaliy tashabbuslarga asoslash va O'zbekiston bo'ylab innovatsion tadbirkorlikni rivojlantiruvchi muhitni shakllantirish borasida kelishib oldi.

Kategoriya: Yangiliklar