Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Voqealar taqvimi

“TALABA FEST”: bir maydonda ta'lim, ijod va bellashuv

“TALABA FEST”: bir maydonda ta'lim, ijod va bellashuv

20-may kuni soat 09:00 da Jizzax politexnika institutida “Talaba Fest” festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur festival viloyatning faol va tashabbuskor yoshlarini bir maydonda jamlab, ularning iqtidor va salohiyatini namoyon etish, yoshlar o‘rtasida ijodiy va intellektual muhitni rivojlantirishga qaratilgan.

Festival dasturidan turli yo‘nalishlardagi madaniy-ma’rifiy, sport va intellektual tadbirlar o‘rin oldi. Jumladan, “Eng yaxshi fotosuratlar” ko‘rgazmasi, “Eng yaxshi liboslar” namoyishi, “Eng mazali taomlar” ko‘rgazmasi, sport musobaqalari, mushoiralar, she’riyat kechasi hamda karaoke tanlovlari o‘rin olgan.

Shuningdek, robototexnika ko‘rgazmasi, talabalar teatr studiyalarining chiqishlari, “Quvnoqlar va zukkolar” jamoalari dasturlari, “Munozara” turniri, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda harbiy-ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Festival doirasida “Shashlik Day” musobaqasi ham o‘tkazilib, tadbir tantanali yopilish marosimi bilan yakunlanadi.

Barcha yoshlarni mazkur festivalda faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Kategoriya: Voqealar taqvimi