Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Voqealar taqvimi

“TalabaExpo-2026” kasb ko‘rgazmasi endi Sirdaryoda!

“TalabaExpo-2026” kasb ko‘rgazmasi endi Sirdaryoda!

22-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi binosida “TalabaExpo-2026” kasb ko’rgazmasi o‘tkaziladi.

Kelajakka qadam” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan TalabaExpo – 2026 ko‘rgazmasi bitiruvchi talabalarning ishga joylashishiga real imkoniyat yaratadi.

Ko‘rgazmada quyidagilar taqdim etiladi:

◽️ 100 dan ortiq ish beruvchi kompaniyalar;
◽️ 700 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari;
◽️ Talabalar uchun amaliyot va stajirovkalardan o’tish imkoniyati.

Tashkilotchilar:

↪️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
↪️“Oʻzmilliybank” AJ;
↪️Savdo-sanoat palatasi;
↪️Sirdaryo viloyati hokimligi;
↪️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
↪️Yoshlar ishlari agentligi.

Tadbir doirasida sizni quyidagilar kutmoqda:

➡️“Talaba – kelajak” muloqotlari;
➡️Seminar va treninglar;
➡️Biznes va startap loyihalar taqdimotlari;
➡️Imtiyozli kreditlar bo‘yicha maslahatlar;
➡️Madaniy shou va musiqiy dasturlar.

Potensial ish beruvchilar bilan tanishish va muvaffaqiyatli professional karyerangiz sari ilk qadamni qo‘yish uchun ko‘rgazmaga tashrif buyuring!

📍Manzil: Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi

Kategoriya: Voqealar taqvimi