Turkiya delegatsiyasining INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrifi
Turkiya delegatsiyasi Xalqaro yosh mutaxassislar almashinuvi dasturi doirasida INNO texnoparkiga tashrif buyurdi. Tomonlar o'zaro hamkorlik va istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.
Xalqaro yosh mutaxassislar almashinuvi dasturi doirasida Turkiya delegatsiyasi INNO innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar texnoparkdagi zamonaviy ishlab chiqarish zonalari, innovatsion loyihalar hamda ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga yo'naltirilgan faoliyat bilan tanishdi.
O'tkazilgan muzokaralar chog'ida o'zaro hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash hamda kelgusidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Mazkur tashrif xalqaro sheriklik aloqalarini mustahkamlash va innovatsion rivojlanishni yanada jadallashtirish yo'lidagi muhim qadamlardan biri sifatida baholandi.