Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

Voqealar taqvimi

17-iyun — Jahon sahrolashuv va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni

17-iyun — Jahon sahrolashuv va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni

Ushbu sana 1994-yilda BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan bo‘lib, 1995-yildan boshlab har yili nishonlanadi. Maqsad — sahrolashuv, yer degradatsiyasi va qurg‘oqchilik muammolariga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratishdir.

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Yer yuzidagi quruqliklarning 40 foizdan ortig‘i turli darajada degradatsiyaga uchragan. Bu esa dunyo aholisining qariyb yarmiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.
🌱 Sahrolashuv — bu faqat cho‘llarning kengayishi emas. Bu unumdor yerlarning hosildorligini yo‘qotishi, o‘simlik qoplami kamayishi va suv tanqisligining kuchayishidir.

💧 Har bir tomchi suv, har bir ekilgan daraxt va tabiatga bo‘lgan mas’uliyatli munosabat kelajak avlodlar uchun muhim hissa hisoblanadi.

 
 
 
Kategoriya: Voqealar taqvimi