26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni
1987-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan giyohvand moddalar iste’moli va noqonuniy savdosiga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida e’lon qilingan.
1987-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan giyohvand moddalar iste’moli va noqonuniy savdosiga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida e’lon qilingan.
BMTning Narkotiklar va jinoyatchilikni nazorat qilish boshqarmasi eʼlon qilgan hisobotiga koʻra, dunyoda giyohvand moddalar isteʼmol
qiluvchilar soni 10 yil ichida 23 foizga oʻsib, 240 milliondan 296 million nafarga yetgan. Bu juda achinarli holat.
Shuningdek, bu illat bilan bogʻliq kasalliklardan aziyat chekuvchilar 2011-yildan 2021-yilgacha boʻlgan davrda 45 foizga oshib, 39,5 million kishini tashkil etgan.
✅ Giyohvandlikka qarshi kurashning eng samarali yo‘li — sog‘lom turmush tarzi, sifatli ta’lim, sport va ma’naviy tarbiyadir.
🌱 Yoshlarimizning sog‘lom va baxtli kelajagi uchun giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashaylik!